Sport | 13:00 / 20.01.2019
16767
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo Kubogi. Bugun nimchorak finalda 3ta o‘yin

Bugun, 20 yanvar kuni Osiyo Kubogida nimchorak final o‘yinlari boshlanadi.

Pley-offning birinchi kunida 3ta o‘yin bo‘lib o‘tadi va chorak finalning dastlabki ishtirokchilari aniqlanadi.

Dastlab B guruhi g‘olibi, Avstraliyani ikkinchi o‘rinda qoldirgan Iordaniya D guruhida uchinchi o‘rinni olib nimchorak finalga chiqqan Vetnamga (vetnamliklar Livanga nisbatan bitta kam sariq kartochka olgani evaziga pley-offga chiqishdi) qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:00da, Dubaydagi «Al Maqtum» stadionida boshlanadi.

C guruhida Janubiy Koreyadan keyin ikkinchi bo‘lgan Xitoy esa chorak final yo‘llanmasi uchun Tailandga qarshi (tailandliklar A guruhida BAAdan keyingi ikkinchi o‘rinni egallashgan) maydonga tushadi. Bu bahs Al Ayn shahridagi «Hazza Bin Zayd» stadionida, Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Kunning uchinchi o‘yini turnir favoriti, D guruhida peshqadam bo‘lgan Eron hamda O‘zbekiston bilan guruhda uchinchi bo‘lgan Ummon o‘rtasida kechadi. Bu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00da, Abu Dabi shahridagi «Muhammad Bin Zayd» stadionida boshlanishi belgilangan.

Nimchorak final o‘yinlari 21-22 yanvar kunlari ham davom etadi. Chorak final bahslari 24-25 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid