Xayriya natijasi: Muzaffar shifo ilinjida Rossiyaga jo‘nab ketdi
Kun.uz sayti xayriya aksiyalari doirasida o‘tgan yili «Do‘stlarim bilan futbol o‘ynagim, ular bilan maktabga borgim keladi…» 13 yoshli Muzaffar ko‘makka muhtoj» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Ushbu xayriya aksiyasida Olmazor tumani Chuqursoy ko‘chasi 75-uyda yashovchi Muyassar Solihovaning 2005 yilda tug‘ilgan jigarbandi Muzaffar haqida so‘z boradi. Muzaffarga shifokorlar tomonidan suyak rakining 4-darajasi tashxisi qo‘yilgan. Sog‘ayishi uchun Rossiyaga olib borib operatsiya qilinishi kerak edi. Lekin Rossiyaga borib dastlabki tekshiruv va muolajalarni o‘tkazishga oilaning imkoniyati yo‘qligi sabab yordam so‘rab xalqimizga murojaat qilishgan edi.
Saxovatli yurtdoshlarimiz tashabbusi va yordami bilan mablag‘ yig‘ildi! Bugun ular Rossiyaga uchib ketishmoqda. Muzaffarga oq yo‘l tilash maqsadida aeroportga bordik. Ular bilan ko‘rishdik.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Muyassar Solihova barcha yurtdoshlarimizdan minnatdorligini, dardiga sherik va hamdard bo‘lgan mehribon xalqimizni doim duo qilishini aytdi. Shu o‘rinda Kun.uz tahririyati ham xayriya aksiyasida faol ishtirok etgan barcha yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorligini bildirib qoladi. Endi Muzaffarni duo qilaylik. Shifo topib yana bag‘rimizga qaytishini Allohdan so‘raymiz. Savob va xayrli ish qilishdan hech qachon charchamang, aziz va saxovatpesha yurtdoshlar!
Mavzuga oid

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025
AQShda qorbo‘ronli havoda pitssa tashigan kurerga 2 dollar choychaqa berishganidan so‘ng internetda unga 40 ming dollar xayriya yig‘ildi

20:35 / 30.12.2024