Odil Ahmedov: “Niyatimiz musobaqaning finaligacha borish edi”
BAAda o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogining nimchorak finalidan o‘rin olgan Avstraliya – O‘zbekiston o‘yini (0:0, penaltilar seriyasi bo‘yicha 4:2) yakunlangach, mikst zonada O‘zbekiston milliy jamoasi sardori, Odil Ahmedov Kun.uz muxbirining savollariga javob qaytardi.
— Niyatimiz musobaqaning finaligacha borish edi. Lekin pley-offning dastlabki o‘yinidanoq lotereya deyiladigan penaltilar seriyasidan muvaffaqiyatli o‘ta olmadik. Albatta, natijaga erisha olmaganimizdan juda xafamiz, lekin bu — futbol.
— Avstraliyalik futbolchi birinchi bor zarbada adashganida siz nega sardor sifatida o‘zingiz chiqib, gol urib jamoani ruhlantirmadingiz?
— Endi-i… Islomning adashishini kim ham bilibdi deysiz. 100 ta shunday zarba bersa, 99 tasida gol urar edi. Bitta Islom yoki Maratning aybi emas-ku? Har qanday futbolchi bilan shunaqa bo‘lishi mumkin.
— Murabbiy musobaqaga olib kelgan tarkibdan to‘liq qoniqdingizmi?
— Bu tarkibni bosh murabbiy (Ektor Kuper) o‘z taktikasiga tushadigan, o‘zi xohlagan futbolchilarni tanlagan. Shuning uchun kimdir qolib ketdi, degan fikrga qo‘shila olmayman.
— Kelgusi rejalaringiz?
— Hozir aniq bir narsa aytolmayman. Hozir bu mag‘lubiyatni hazm qilib, o‘ylab ko‘rishim kerak.
Mavzuga oid
04:42 / 10.09.2023
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston safarda AQShga mag‘lub bo‘ldi
02:17 / 04.12.2022
JCh-2022. Argentina Avstraliyani mag‘lub etib chorakfinalga yo‘l oldi, Messi yubiley o‘yinida gol urdi
02:11 / 23.11.2022
JCh-2022. Fransiya Avstraliyani yirik hisobda yengdi, Jirudan dubl, Mbappe va Rabodan gol+assist
22:31 / 14.06.2022