O‘zbekiston | 15:01 / 21.01.2019
13208
11 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasi tasdiqlandi

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasi va 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

“Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish loyihalarini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

1.    “Aqlli transport”

“Aqlli transport” yo‘nalishida texnologik yechimlarni joriy qilish orqali quyidagilar ko‘zda tutiladi:

yo‘l harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish va transportlar oqimi ko‘rsatkichlarini monitoring qilish, shu jumladan real vaqt rejimida harakat shartlarini monitoring qilish;

jamoat transportini boshqarishni dasturiy ta'minlash; yo‘l harakati qatnashchilariga avtomatlashtirilgan tizim orqali yo‘ldagi sharoitlar va vaziyatlar, jamoat transportining harakat jadvallari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yetkazish;

jamoat transportida xavfsizlik tizimlari;

axborot uzatish texnologiyalarini, ya'ni ma'lumotlarni to‘plash va saqlash joyiga uzatishni ta'minlaydigan 5G standartiga mos keluvchi aloqa vositalarini va bajaruvchi qurilmalarni, keng qamrovli Internet tarmog‘i va boshqa elementlarni joriy etish;

“Aqlli shahar” uchun Internet tarmog‘ining shahar platformalarini joriy qilish;

transportlarni joylashtirish uchun bo‘sh joylar va ularning uzoqligini aniqlovchi “Aqlli joylashtirish” texnologiyasi;

avtomobil va yo‘llardan foydalanish uchun elektron to‘lov tizimlari;

yo‘lovchilarni tashish holatini uzluksiz monitoring qilish;

geoaxborot texnologiyalari va navigatsiya.

2.    “Aqlli ta'lim”

“Aqlli ta'lim” texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

o‘quvchilarni sinab ko‘rish imkoniyati bilan sun'iy intellekt bazasida ta'lim berish tizimi;

shaxsni intellektual aniqlash tizimi;

masofaviy ta'lim va elektron o‘qitish;

ta'limning barcha bosqichlarini qamrab olgan elektron jurnallar;

onlayn va oflayn uslublaridagi integratsiya tizimlari;

qulay va moslashuvchan ta'lim texnologiyasi;

adaptiv va mobil o‘qitish texnologiyalari.

3.    “Aqlli tibbiyot”

“Aqlli tibbiyot” texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

mijozlar to‘g‘risidagi biotibbiy ma'lumotlarning yagona platformasi;

tibbiy kartalarining tarmoqli tizimini joriy qilish;

tibbiy internet va mobil ilovalar asosida inson salomatligini masofadan monitoring qilish tizimi;

virtual tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

virtual shifoxona xizmati;

elektron retseptlar;

telemetriya va simsiz aloqadan foydalangan holda tibbiy yordamni uyda olish;

ilmiy asoslangan tibbiyot (sun'iy intellekt va telekommunikatsiyalar sohasidagi texnik yangiliklar asosida yaratilgan qurilmalarni qo‘llash orqali);

davolash natijalaridan kelib chiqib ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish (shifokorga tashrif buyurganlarning soniga emas, balki davolash natijasi bo‘yicha to‘lov amalga oshiriladi);

tibbiy ma'lumotlar, kasallanishlar rejalari, kasallanish va tuzalish jarayonlarini tahlil qilish uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish;

real vaqt jarayonida dori-darmon zaxiralarini kuzatish imkoniyatini beruvchi integratsiyalashgan (GPS va mobil platformalar bilan jihozlangan) tibbiy punktlar.

4.    “Aqlli energetika”

“Aqlli energiya tizimi” texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

ma'lumotlarni yig‘ish va operativ dispetcherlik boshqarish tizimi;

avariya holatlarida o‘chirishlarni boshqarish tizimi;

mijoz bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimi;

geoaxborot tizimi;

kuchlanishni monitoring qilish uchun avtonom sezgichlar;

har xil turdagi qurilmalarning integratsiyasini hamda ma'lumotlarni oldindan tahlil qilish va yig‘ishni ta'minlovchi internet qurilmalarining raqamli platformalari;

yangi avlod gibrid batareyalari, yuqori o‘tkazuvchan qurilmalar, litiy akkumulyatorlari;

“aqlli” o‘lchov tizimlari, iste'molchilar faolligini tahlil qilish;

yangi tahliliy hisob-kitob va to‘lov xizmatlari (tegishli moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish orqali);

energiya resurslari iste'molini hisoblashning intellektual tizimlari.

5.    “Aqlli suv ta'minoti va oqava suv”

“Aqlli suv ta'minoti va oqava suv” texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

geografik axborot tizimini joriy etish orqali yagona axborot tizimi;

suv ta'minoti va oqava suv iste'molchilari va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlarini hisobga olish tizimi;

suv o‘tkazgichlar va oqava suv tarmoqlari yo‘nalish xaritalarining elektron shakllar tizimi;

bosim regulyatorlari va elektron uzatkichlar o‘rnatilgan tarmoqlarda suv ta'minoti va oqava suv tizimi;

markaziy dispetcherlik xizmati - ishlarini avtomatlashtirish tizimi va onlayn tizimda monitoring olib borish;

suv oqib ketishi holatlari aniqlanganda suv ta'minotini to‘xtatish tizimi;

favqulodda vaziyatlarda butun uyni isitish kranlarini yopish tizimi;

avariya holatlari sodir bo‘lganda suv bilan ta'minlovchi nasoslarni o‘chirish tizimi;

nasos va jo‘mraklar ishlashini boshqarish orqali saqlash tizimidagi suv sathini boshqarish tizimi;

sensorli smestitellar va kranlarga nasadkalar o‘rnatgan holda amalga oshiriladigan suv ta'minoti texnologiyalarini joriy qilish.

6.    “Aqlli uy-joy kommunal xo‘jaligi”

“Aqlli uy-joy-kommunal xo‘jaligi” texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

keyinchalik tegishli instansiyalarga yetkazilishi hisobga olingan holda hisoblagichlarning ko‘rsatishini aniqlash jarayonini avtomatlashtirish;

uyni energiya bilan ta'minlash holati to‘g‘risidagi ma'lumotni iste'molchining qurilmasiga yetkazish tizimlari;

kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus xizmat ko‘rsatish va shaxsiy ofislar tizimi;

kommunal resurslar iste'molchilari va ta'minotchilari o‘rtasida ma'lumotlar almashinuvini ta'minlash bo‘yicha smart-hisoblagichlarni (“aqlli hisoblash asboblari”) joriy qilish, ma'lumotlar tizimi;

to‘lovlarni monitoring qilish tizimlari;

infratuzilmani boshqarish tizimlari;

energiya resurslarini o‘zlashtirish holatlarini aniqlash va uning oldini olish tizimlari;

energiya samaradorligini oshirish usullari va tizimlari;

suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llash orqali suv sarfini va suv ta'minoti narxini kamaytirish tizimlari;

iste'molchilarga xizmat ko‘rsatishning ochiq platformalari.

7.    “Aqlli qurilish”

“Aqlli qurilish” texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

qurilishda monitoring va operativ boshqaruv tizimi;

obektlarni qurish jarayonini soddalashtirish va qurish muddatlarini qisqartirish tizimi;

zamonaviy va samarali uy-joylar qurish standartlari;

yangi qurilish materiallari;

qurilish uchun loyiha hujjatlari tizimi;

mehnatga haq to‘lashning ishbay va ishbay-mukofotlash tizimini qo‘llash;

qurilish jarayonlarini vizual modellashtirish;

omborlarni boshqaruv tizimlari.

8.    “Aqlli uy”

“Aqlli uy” texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

yong‘inga qarshi va qo‘riqlash signalizatsiyasi;

erkin foydalanishning nazorat tizimi;

avariya holatlarni nazorat qilish (suv oqib ketishi, gaz chiqishi, elektr tizimidagi avariyalar);

ichki va ko‘cha yoritgichlarini boshqarish;

energiya iste'molini nazorat qilish, katta kuchlanishparni cheklash va iste'mol tarmog‘i fazalariga kuchlanishni taqsimlash;

energiyani tejaydigan asboblarni qo‘llagan holda elektr ta'minotining zaxira manbalarini boshqarish;

internet orqali uyning barcha tizimlarini boshqarish va uzoqdan monitoring qilish;

isge'molchining smart-qurilmasiga GSM-modul orqali uydagi suv ta'minoti tizimining ishlashi haqidagi ma'lumotlarni yetkazish;

issiqlik sarfini, konditsionerni boshqarishni va issiqlikning optimal tarqalishini monitoring qilishning intellektual sensorli tizimi;

real vaqt rejimida obektlar qurilishini loyihalashtirish jarayonini masofadan boshqarish.

9.    “Aqlli hokimiyat”

"Aqlli hokimiyat” texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

Ijro etuvchi hokimiyat vakillari va shahar aholisi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimining yaxshi ishlashi, shahar ma'muriyati axborotlarning ochiqligi;

fuqarolarning shahar boshqaruvidagi faolligi;

shaharlarni strategik rejalashtirish hujjatlarining dolzarbligi;

shahar ma'muriyatining rasmiy saytlaridan keng foydalanish;

to‘lov vositasi bilan shaxsning elektron guvohnomasi;

yuqori texnologiyalarni, yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘ini keng spektrda qo‘llash va undan foydalanish;

wi-fi gaulanish, shahar mobil ilovalarining mavjudligi va sifati;

mahalliy soliqlar va yig‘imlar uchun to‘lov tizimlari;

ariza va shikoyatlar berish uchun uzatuvchi qurilmalardan va fuqarolarni ogohlantirishning zamonaviy usullaridan foydalanish.

10. “Aqlli mahalla”

“Aqlli mahalla” texnologik yechimlarini joriy etish orqali quyidagilar nazarda tutiladi:

taksi chaqirish va uning to‘lovi uchun internet-xizmat ishlarini yo‘lga qo‘yish;

yo‘l harakati holatini onlayn rejimda monitoring qilish imkoniyatlari;

elektromobillar uchun yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ining mavjudligi;

karshering (avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga berish) xizmatini ko‘rsatish;

internet tarmog‘idan foydalanuvchilarning soni va faolligi;

talabalarning elektron kartalarini qo‘llash;

mehnat bozori haqida ma'lumotlarning mavjudligi;

chiqindilarni ruxsatsiz tashlashning oqibatlarini bartaraf etishda jamoatchilikning ishtiroki.

Ushbu Konsepsiyani amalga oshirish orkali quyidagi natijalarga erishish ko‘zda tutiladi:

mavjud barcha shakllardagi ta'lim va malaka oshirishni kengaytirish orqali, shu jumladan internet tarmog‘i yordamida shahar aholisining bilim darajasini oshirish;

shahar xizmatlari va davlat organlari bilan hamkorlikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali aholining faolligini oshirish;

energetikaning barqarorligini oshirish, sarf va xarajatlarni kamaytirish;

energiya resurslari taqsimoti va iste'moli samaradorligini oshirish;

iste'molchilar uchun xizmatlarning sifati, samaradorligi va interaktivligini oshirish, shuningdek, alohida tariflarni qo‘llash imkoniyatini yaxshilash;

kelajakda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash muhitini yaratish;

suv sarfi va suv ta'minotidagi uzilishlarni kamaytirish, oqava suvlarni tozalash sifatini oshirish va qattiq chiqindilarning utilizatsiya qilinishini yaxshilash;

aholiga shahar xizmatlari ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish va aholining ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qarzdorligini qisqartirish;

favqulodda vaziyatlar va jinoiy holatlarga javob qaytarish vaqtini qisqartirish, jinoyatchilikni va jabrlanganlar sonini kamaytirish;

transport infratuzilmasining tirbandligini kamaytirish;

yo‘llar va to‘xtash joylariga xizmat ko‘rsatishda iqtisod qilishni ta'minlash;

piyodalar va jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil qulaylikni yaxshilash.

Mavzuga oid