Jahon | 16:23 / 21.01.2019
7339
2 daqiqa o‘qiladi

Zimbabve prezidenti mamlakatdagi noroziliklar sababli xorijga safarini to‘xtatdi

Foto: RIA Novosti

Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva Zimbabve xavfsizlik kuchlari tomonidan mansab vakolatlari suiiste'mol qilingani haqidagi bayonotlardan so‘ng, xorijga ikki haftalik safarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Sky News xabar qilmoqda.

Zimbabve prezidenti tvitterdagi postida yaqinda sodir bo‘lgan zo‘ravonliklarni tilga olmagan, biroq Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumida «iqtisodiy vaziyat nuqtai nazaridan» ishtirok etmasligini aytgan.

«Birinchi navbatdagi vazifa - Zimbabvega tinchlik, barqarorlik va yana ishlash imkoniyatini qaytarish», - dedi Mnangagva.

Qayd etilishicha, Zimbabve prezidentiga xorijga turini tugatishi uchun bosim kuchayib borgan. Huquqni himoya qilish tashkilotlari ma'lumotiga ko‘ra, Zimbabve poytaxti Xarari va Bulavayo shahrida bir necha kun davom etgan tartibsizliklardan so‘ng kamida o‘n ikki kishi o‘ldirilgan hamda yuzlab odamlar qo‘lga olingan. Bundan tashqari, Zimbabvedagi xavfsizlik kuchlari tungi reydlarni o‘tkazish va gumon qilinuvchilarni o‘z uylarida kaltaklashda ayblanmoqda.

Nashrning eslatishicha, Mnangagva Zimbabveda yonilg‘i narxlari ikki barobarga ko‘tarilishi haqida e'lon qilganidan keyin (shu tariqa, mamlakatdagi benzin narxi dunyodagi eng yuqori darajaga chiqadi) tartibsizliklar boshlangan. 

Mavzuga oid