Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzcard firibgarlik holati bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi
Uzcard karta egalarini Uzcard brendi ishlatilgan kiberjinoyat ro‘yxatga olingani haqida ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, noma'lum shaxslar tomonidan uzcard.uz rasmiy saytining interfeysi nusxalanib, Uzcard to‘lov tizimi nomidan WEBSUM bilan hamkorlikda aksiya tashkil etilgani ro‘yxatga olingan.
Reklamada taqdim etilgan ma'lumotga binoan, ushbu tadbirda qatnashgan ishtirokchilar o‘z karta raqamlarini kiritib, pul miqdori o‘tkazish evaziga ushbu yuborilgan mablag‘dan ma'lum miqdorda foizlarga ega bo‘lishi nazarda tutilgan.
Uzcard rasmiy xabariga ko‘ra, ushbu aksiya Uzcard banklararo to‘lov tizimi tomonidan tashkillashtirilmagan. Hozirda kompaniya tomonidan ushbu qalloblik hodisasi yuzasidan tergov ishlari boshlangan bo‘lib, yaqin kunlarda uning natijalari borasida xabarlar beriladi.
«Ogoh bo‘ling! Tekshirilmagan noma'lum internet vositalarga o‘z mablag‘laringizni ishonib topshirmang. Domenlarning nomlanishiga alohida e'tiboringizni qarating! Bizning rasmiy domenimiz uzcard.uz. Jumladan, domen nomida biron bir harfning o‘zgartirilgani uning haqiqiy emasligidan dalolat beradi: uzcard.org, uzcard.com, uzcard.info. Kompaniyamizga tegishli muhim xabar, eng so‘nggi yangilik va aksiyalarga tegishli tafsilotlarni uzcard.uz rasmiy saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishingiz mumkin», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025