Jahon | 19:21 / 24.01.2019
8597
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda 60 dan ko‘proq jangari yo‘q qilindi 

Afg‘onistonning Faryob viloyatida mamlakat qurolli kuchlari xalqaro koalitsiya bilan birgalikda “Tolibon” harakatining 60 dan ko‘proq jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.   

“Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari ko‘magida o‘tkazilgan quruqlikdagi operatsiya natijasida Faryob viloyatining Qaysar uyezdidagi Shoh-Gurada “Tolibon”ning 61 jangarisi o‘ldirildi”, deb ma'lum qilgan viloyat politsiyasi matbuot markazi boshlig‘i Abdulkarim Yurish.    

Uning ta'kidlashicha, 3 jangari qo‘lga olingan. Yo‘q qilingan jangarilar orasida Afg‘oniston shimolidagi 5 ta viloyatda jangarilarning moliyalashtirilishi uchun javobgar bo‘lgan hamda Qaysar uyezdida toliblar ma'muriyatining boshlig‘i hisoblangan Mavlavi Gandam Ali bor bo‘lgan.

Yurishning qo‘shimcha qilishicha, oxirgi oyda Afg‘oniston va koalitsiya kuchlari Faryob hududida jangarilarning pozitsiyalariga 12 tadan ko‘proq zarba bergan, toliblarning 8 dan ko‘proq bazasi va 80 ta transport vositasi yo‘q qilingan. 

Mavzuga oid