Jahon | 07:33 / 24.01.2019
6099
2 daqiqa o‘qiladi

Venesueladagi to‘qnashuvlar qurbonlari soni ortmoqda – OAV

Foto: REUTERS

Venesueladagi to‘qnashuvlar qurbonlari soni 16 nafarga yetdi, deb xabar berdi mahalliy OAV. 

Portugesa, Barinas, Tachira, Karakas, Amasonas, Bolivar shtatlarida to‘qnashuvlar oqibatida umumiy hisobda 16 kishi halok bo‘lgan, deb xabar berdi La Prensa de Lara sayti.

Venesuelada 21 yanvardan beri o‘tayotgan norozilik namoyishlaridagi ishtirok uchun qo‘lga olinganlar 70 kishidan ko‘proqni tashkil qilmoqda. 

Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaido 23 yanvarda mamlakatda muvaqqat hukumat amal qilishi vaqtida o‘zini mamlakatning vaqtinchalik rahbari deb e'lon qildi. AQSh Guaidoni prezident deb tan olishini e'lon qilgan va Venesuela prezidenti Nikolas Madurodan muxolifatga qarshi kuch ishlatmaslikni talab qilgan. Maduro o‘zini konstitutsiyaviy prezident deb e'lon qilgan, muxolif parlament rahbari Guaidoni esa “AQSh qo‘g‘irchog‘i” deb atagan. Ayni vaqtda AQShdan tashqari, Guaidoning vaqtinchalik prezident maqomini Kanada, Argentina, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay va Peru tan oldi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid