Jahon | 16:34 / 25.01.2019
14582
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Sorosning Si Tszinpin haqidagi so‘zlariga javob qaytardi

Foto: REUTERS

XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin amerikalik milliarder va moliyachi Jorj Sorosning so‘zlariga munosabat bildirdi, u Xitoy yetakchisi Si Tszinpinni «ochiq jamiyatlarning eng xavfli raqibi», deb atagandi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, idora ushbu bayonotdan xabardor. Chuninning qayd etishicha, «kim eshiklarni ochayotgani va yo‘llarni qurayotganini» hamma yaxshi biladi.

«Qora rangni oq rang sifatida ko‘rsatuvchi alohida shaxslarning bayonotida faktlar soxtalashtirilmoqda, ular umuman ma'nosiz va hatto raddiyaga ham loyiq emas», - dedi Chunin.

Uning umid bildirishicha, Qo‘shma Shtatlar Xitoy tomonini xolis va haqqoniy baholaydi.

Eslatib o‘tamiz, Sorosning ta'kidlashicha, Xitoy dunyodagi yagona avtoritar rejim emas, biroq aynan shu davlat, uning fikricha, «texnologik jihatdan eng boy, eng kuchli va eng ilg‘ordir». Uning qayd etishicha, sun'iy idrok sohasidagi Xitoy ishlanmalari «avtoritar rejimga foyda olish»ga yordam bermoqda.

Mavzuga oid