Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada Maduroning qochishi uchun “yo‘lak” tashkil qilish taklif etildi
Braziliya vitse-prezidenti Antoniu Amilton Mourau Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning yaqinlari mamlakatni tark etishi uchun "yo‘lak" tashkil qilish zarur deb hisoblaydi. Bu haqda Globo telekanali xabar berdi.
"Menimcha, boshqa mamlakatlar oldida muhim vazifa turibdi – Maduro va uning qo‘l ostidagilar uchun chiqib ketishni ta'minlash. Qochish uchun yo‘lak bo‘lishi kerak", degan vitse-prezident telekanalga bergan intervyusida.
Avvalroq Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru muxolif parlament rahbari Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb tan olishini ma'lum qilgandi.
O‘z navbatida Nikolas Maduro Venesuela o‘z ideallarini himoya qilishi, davlat to‘ntarishlari davri o‘tganligini aytdi.
"Biz chuqur tarixiy ildizlarga ega mamlakat ideallarini himoya qiladigan va vatanini hech qachon sotmaydigan bo‘ysunmas xalqmiz. Bizni hech kim bo‘ysundira olmaydi, bosqinlar va davlat to‘ntarishlari davri tugadi. Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz!", deb yozdi u tvitterda.
Avvalroq Yevroittifoqning uch davlati Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb tan olish shartini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025