AQShda o‘rmonda yo‘qolib qolgan bola uni ayiq qutqarib qolganini aytdi
AQShning Shimoliy Karolina shtatidan bo‘lgan 3 yoshli bola ikki kun o‘rmonda adashib yurgandan keyin uni ayiq qutqarib qolganini so‘zlab berdi. Bu haqda Daily Mail nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bola buvisining uyidagi orqa hovlida akasi va opasi bilan o‘ynayotganda yo‘qolib qolgan.
Bolani qidirishga yuzlab ko‘ngillilar, FQB xodimlari kirishishgan, vertolyotlar va dronlar jalb qilingan.
Qutqaruvchilarni bola yupun kiyinib olgani va minus daraja haroratda muzlab qolishi xavotirlantirgan. Qidirish ishlari yomon ob-havo sababli ikki kungacha cho‘zilgan.
Qutqaruvchilar bolani topishganda u shu vaqt ichida o‘rmonda o‘zining yangi “do‘sti” – uni muzlab qolishdan saqlagan qora ayiq bilan bo‘lganini so‘zlab bergan.
“Yaratgan uni himoyalash uchun unga do‘st yubordi. Mo‘jizalar yuz berib turadi”, deb aytgan bolakayning xolasi.
Shifokorlarning aytishicha, bolakayning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Mavzuga oid
23:52 / 26.11.2024
AQShda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
18:19 / 26.11.2024
Boeing AQSh Harbiy-havo kuchlaridan 2,4 mlrd dollarlik buyurtma oldi
18:06 / 26.11.2024
Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga boj joriy etilishini e’lon qildi
07:53 / 26.11.2024