O‘zbekiston | 15:15 / 29.01.2019
13776
2 daqiqa o‘qiladi

​Andijon shahar hokimi qarori kuchga kirmaydimi?

Foto: Pinterest

Andijon shahar hokimligi o‘zi muassis bo‘lmagan nashrga ko‘rsatma bermoqda, deya xabar beradi Ishonch gazetasi.

Xabarda keltirilishicha, shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev 2018 yilning 8 oktabr va 22 noyabr sanalarida ikkita qaror qabul qiladi. Har ikki qaror matnida "Andijonnoma" tahririyati ijro etishi” nazarda tutilgan bandlar mavjud.Vaholanki, bu gazeta tashkiliy ishlarida shahar hokimligining daxli yo‘q. U viloyat hokimligi muassisligidagi nashr hisoblanadi.

Xabar muallifi Nurillo No‘'monovning yozishicha, «Shahar hokimiyati va tahririyat binosi bir-biridan atigi 20 qadam masofada joylashgan bo‘lsa-da qarorlarning nusxalari biri 55 kun, ikkinchisi roppa-rosa 100 kun o‘tib ─ shu yilning 17 yanvar kuni gazeta jamoasi qo‘liga kelib tushadi. Muhimi bu ham emas. Qizig‘i, hokim qarorining «...rasman e'lon qilingandan boshlab 3 oydan keyin kuchga kiradi» degan bandiyam bor. Aytaylik, viloyat gazetasi tahririyati yuqoridagi qonun talabi hamda subordinatsiya tamoyillariga tayanib uni e'lon qilmasa, hokimning qarori kuchga kirmay qolaveradimi?»​

«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»​gi qonunda «Yuqori turuvchi davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar quyi organlarning ijrosi uchun majburiydir»​ (27-modda) deb belgilab qo‘yilgan. «Andijonnoma»​ viloyat hokimligi muassisligidagi nashr, ya'ni shahar hokimligidan yuqori turuvchi organ hisoblanadi», – deya muallif o‘z fikrini dalillagan.

Mavzuga oid