Aravonda 3 metrli bo‘g‘ma ilon topildi
Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Aravon tumanida 3 metrli o‘lik bo‘g‘ma ilon topildi. Bu haqda Turmush muxbiri xabar bermoqda.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, ilon O‘zbekiston bilan chegaradagi Jyeke-Miste qishlog‘ida, Farg‘ona kanalining yonidan topilgan.
Qishloq veterinari Mamatrayim Tojiboyevning ta'kidlanishicha, bo‘g‘ma ilon, katta ehtimol bilan, qo‘shni davlatdan kanal orqali suzib kelgan.
«Ikki kun oldin qishloqdagi yigitlar suvdan o‘lik bo‘g‘ma ilonni topishdi, uning uzunligi 3 metr, eni - 15-20 santimetr bo‘lgan. Ehtimol, O‘zbekistonda kimdir ilonlar boqadi, ulardan biri nobud bo‘lganida esa, uni kanalga tashlab yuborgan», - dedi veterinar.
Ilonni tutgan shaxslar izoh berishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
19:32 / 10.08.2023
Texasda ayolga ilon va qirg‘iy bir vaqtda hujum qildi
16:03 / 10.01.2023
Toshkent viloyatida bolasiga ilon tutqazgan ota tushuntirish xati yozib berdi
07:33 / 23.03.2022
Jizzaxda 3 metr uzunlikdagi piton iloni topildi
14:46 / 28.04.2020