Braziliya prezidentida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruda jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi, u majburiyatlarini bajarishga 29 yanvarda to‘liq qaytadi. Bu haqda TN portali ma'lum qildi.
Bungacha mamlakatni boshqarish majburiyati vitse-prezident Antoniu Gamilton Mourau zimmasida bo‘ladi.
Shifokorlar operatsiya vaqtida Bolsonaruga sentyabrda uyushtirilgan suiqasd vaqtida olingan pichoq jarohati sababli qo‘llangan kolostom qopchani olib tashlashgan.
“Barchangizni bag‘rimga bosaman, yaqin orada ko‘rishamiz! Tangri bizni yetaklaydi!”, deb aytgan Bolsonaru tvitterda.
Bolsonaru 6 sentyabrda Juiz-di-Foru shahridagi saylovoldi kampaniyasi vaqtida yaralangan. Bosqinchi bergan pichoq zarbasi uning qorin bo‘shlig‘idan ichakka qon haydovchi arteriya tomiriga tekkan. Buning oqibatida Bolsonaru tanasining shu joyida bir necha shikastlanish o‘chog‘i avj olgan.
Mavzuga oid
19:47 / 22.11.2024
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda
23:05 / 06.11.2024
Braziliyalik politsiyachi Interpol rahbarligiga saylandi
17:08 / 02.11.2024
Braziliyada kattaligi chumoliday keladigan qurbaqa topildi
09:30 / 21.10.2024