O‘zbekiston | 15:50 / 29.01.2019
12046
2 daqiqa o‘qiladi

Jamoa shartnomasi maketi yangilandi

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi 2019 yilgi jamoa shartnomasining yangilangan namunali maketini, shuningdek tarmoq va idoraviy bo‘ysunishidan kelib chiqqan holda tuzilgan hujjatlarning maketlarini taqdim etdi.

Norma’ning yozishicha, jamoa shartnomasi – ish beruvchi bilan korxona xodimlari o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va professional munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjat. U, bir tarafdan, xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organlari orqali, ikkinchi tarafdan – bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishiga oid majburiy elementlar Mehnat kodeksining 37-moddasida ko‘rsatilgan.  

Eslatib o‘tamiz, qonun hujjatlariga, xususan, «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida» va «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida» qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilganligi munosabati bilan 2017 yilda Jamoa shartnomasi umumiy maketi qayta ko‘rib chiqilgan edi.

Ayni paytda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi portalida Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun jamoa shartnomasining namunali maketi (2019 yil), shuningdek tarmoq va idoraviy bo‘ysunishidan kelib chiqqan holda tuzilgan maketlar: sog‘liqni saqlash, ta'lim, qishloq xo‘jaligi, bank sektori, madaniyat va h.k. taqdim etilgan. 

Mavzuga oid