O‘zbekiston | 08:00 / 29.01.2019
17546
2 daqiqa o‘qiladi

«Navoiy» erkin iqtisodiy zonasiga direktor tayinlandi

Foto: nicid-msu.ru

Habib Abdullayev “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasining yangi direktori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.

“Navoiy” EIZ jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 2017 yilning mart oyida tashkil topgan.

Habib Abdullayev 1967 yilda tavallud topgan, “Rikor” (Moskva) texnoparkining bosh direktori, Moskvadagi o‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi raisi, “O‘zbegim” gazetasining nashriyotchisi. Rossiya Federatsiyasi nashriyot vazirligi korxonalarida, AFK “Sistema” va boshqa tashkilotlarda 25 yillik rahbarlik tajribasiga ega. “Buyuk Kelajak” ekspertlar kengashi a'zosi.

Mavzuga oid