New Year Cup kibersport musobaqasi start olmoqda
O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi Kibersport Professional ligasiga yo‘llanma o‘ynaluvchi O‘zbekiston chempionati doirasida New Year Cup kibersport turniriga start berish arafasida turibdi. Turnir Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etilmoqda.
7-28 fevral kunlari kibersportning quyidagi 11ta yo‘nalishi bo‘yicha respublika turnirida ishtirok etishingiz mumkin: Counter Strike: Global Offensive, DOTA 2, World of Tanks, PUBG+mobile, Hearthstone, Mobile Legends, Starcraft 2, Clash Royale, League of Legends, Pro Evolution Soccer 2019 va FIFA 19.
Uzoq kutilgan musobaqa, qoidalar, sovrin jamg‘armasi va ishtirok etish shartlari haqidagi barcha ma'lumotlar tez orada e'lon qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolaga bosish va kerakli ma'lumotni to‘ldirish lozim.
Mavzuga oid
22:05 / 08.04.2024
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi Kibersport arenasida yoshlar bilan uchrashdi
13:12 / 17.11.2022
Kibersport bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi
14:30 / 11.11.2021
Videoo‘yinlar, strimlar va kibersport - yo‘qotilayotgan bolalik yoki professional kasb
15:31 / 26.08.2021