Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfonlarning yana bir xavfli tomoni aniqlandi

Xalqaro olimlar guruhi uyquga ketishdan oldin smartfondan foydalanuvchi bolalarda uyqu chala bo‘lishi va semirish xavfi oshishi hamda xavotirlilik kuchayishini aniqlashdi. Bu haqda MedicalXpress nashrida ma'lum qilingan.
Mutaxassislar 11-12 yoshdagi 6616 bolani o‘rganishda olingan ma'lumotlarni tahlil qilib chiqishdi. 70 foizdan ko‘proq bola kechki uyqudan oldin kamida bir soat smartfon yoki ekrani bor boshqa qurilmadan foydalanishini aytgan. So‘rov davomida bolalar bu vaqtda xonadagi yorug‘lik, qancha soat uxlashlari va uxlamasliklari, uxlash bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekish-chekmasliklari haqidagi ma'lumotlarni ham ko‘rsatishgan.
Aniqlanishicha, chirog‘i yoqilgan uyda smartfondan foydalangan yoki televizor ko‘rgan bolalar 31 foiz ko‘proq yomon uxlashgan. Bu ishni qorong‘ida qilgan bolalarda uyqu buzilishi ehtimoli 147 foizga ko‘tarilgan. Shuningdek, me'yorida bo‘lmagan uyqu immunitet pasayishi, tushkunlik, xavotirlilik va semirish bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Baholashlarga ko‘ra, dunyoda 90 foiz o‘smirlar kuniga tavsiya qilingan 11 soatdan kamroq uxlashadi va mutaxassislar buni gadjetlar tarqalgani bilan tushuntirishmoqda. Buyuk Britaniyaning o‘zida 12 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 98 foizi televizor ko‘rar, 90 foizdan ko‘prog‘i smartfondan foydalanar ekan.
Mavzuga oid

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

13:12 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi

15:25 / 24.03.2025