O‘zbekiston | 09:14 / 29.01.2019
15671
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vazirligida yangi lavozim tayinlovi ro‘y berdi 

Foto: TIV axborot xizmati

Tashqi ishlar vazirligida yangi lavozim tayinlovi ro‘y berdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar qilingan.

Qayd etilishicha, Abat Fayzullayev vazir yordamchisi – TIVning Tashkiliy nazorat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

A.Fayzullayev bunga qadar Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi birinchi kotibi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Abdualiyev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid