Xitoy AQShning Huawei bo‘yicha ayblovlariga javob qaytardi

Foto: REUTERS/Aly Song
Xitoy TIV AQShning Huawei kompaniyasiga nisbatan rasmiy aybloviga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Vazirlikdan ma'lum qilishlaricha, Amerika tomoni davlat resurslaridan foydalanish hisobiga XXR kompaniyalariga ta'sir ko‘rsatmoqchi va qonuniy biznesni «bo‘g‘ib qo‘ymoqchi».
«Bu harakatlar ortida kuchli siyosiy sabablar bor», - dedi vazirlik vakili Gen Shuan.
Uning qayd etishicha, XXR o‘z kompaniyalari manfaatlarini himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Huawei’ga rasmiy ayblov bilan chiqqani, FTB Xitoy bunga aloqador emasligini ma'lum qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

21:05
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

22:36 / 17.04.2025
Zelenskiy Xitoyni Rossiyaga qurol yetkazib berishda aybladi

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

12:46 / 17.04.2025