Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple rahbari iPhone narxlari pasaytirilishi haqida ma'lum qildi

Foto: AP
Apple ayrim iPhone modellari narxi pasaytirilishi haqida ma'lum qildi. Gap milliy valuta qiymati AQSh dollariga nisbatan sezilarli darajada pasaygan mamlakatlardagi iPhone narxlari haqida bormoqda. Bu haqda Apple rahbari Tim Kuk Reuters agentligiga bergan intervyusida bildirdi.
Kukning so‘zlariga ko‘ra, Apple narxlarni o‘tgan yilgiga yaqinlashtirib, mahalliy valutaga moslashtiradi.
Uning qayd etishicha, milliy valutasi dollarga nisbatan sezilarli darajada pasaygan davlatlarda iPhone narxlari sezilarli ravishda oshgan.
U gap aynan qaysi davlatlar haqida borayotganini va narxlar qachon pasayishi haqidagi tafsilotlarni oshkor qilmadi.
Reuters ma'lumotlariga ko‘ra, avvalroq Apple vakillari valuta qiymati dollarga nisbatan pasaygan davlatlar orasida Rossiya, Turkiya va Braziliya borligini aytishgan. Bundan tashqari, Xitoyda iPhone sotuvi pasayishi qayd etilgan.
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025