Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududida birinchi marotaba Xalqaro armiya o‘yinlari o‘tkaziladi
«Xalqaro armiya o‘yinlari — 2019» tanlovining «Harbiy-tibbiy estafeta» yo‘nalishi O‘zbekiston Respublikasi hududida birinchi marta o‘tkaziladi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan yilgi «ArMI—2018» o‘yinlari Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Eron, Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarda 28 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan bo‘lib, unda dunyoning 32 mamlakatidan kelgan harbiylar ishtirok etgan edi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari esa 12 yo‘nalishda qatnashib, umumjamoa hisobida 6-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
O‘tgan yilgi o‘yinlarda «Harbiy-tibbiy estafeta» bellashuvida ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchi, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy poliklinika terapevt-shifokori, tibbiy xizmat kapitani Larisa Xolmamatova harbiy shifokorlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan «Maxsus ko‘nikmalar» yakkalik bahsida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
O‘zbekiston hududida Xalqaro armiya o‘yinlari Jizzax viloyatidagi “Forish” tog‘-dala o‘quv maydonida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin
01:15 / 01.05.2025
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
17:52 / 19.04.2025
O‘zbekiston harbiylari Pokistondagi xalqaro armiya o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi
18:26 / 26.03.2025