Sport | 20:01 / 30.01.2019
9377
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik futbolchilar Kokorinni qo‘llab-quvvatlash aksiyasini o‘tkazmoqda

«Zenit» futbolchilari Artyom Dzyuba va Yuriy Jirkov hamda «Lokomotiv» yarimhimoyachisi Dmitriy Tarasov Sankt-Peterburg klubining tergov izolyatoridagi hujumchisi Aleksandr Kokorinni qo‘llab-quvvatlab chiqdi.

Futbolchilar «Instagram»dagi akkauntlarida Kokorin bilan tushgan suratlarini joyladi va izohlarda #SvoboduKokorinu («Kokoringa ozodlik») va #Sashamystoboy («Sasha, biz sen bilan») heshteglarini yozib qoldirishdi.

 
 
 
 

 

 
 
 
 
 
 
 
 

#SvoboduKokorinu #Sashamystoboy

Publikatsiya ot Artem Dzyuba (@artem.dzyuba)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

#svobodakokorinumamayevu

Publikatsiya ot Dmitry Tarasov (@tarasov23)

Eslatib o‘tamiz, Kokorin va uning ukasi Kirill, shuningdek, «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev hamda ularning do‘sti Aleksandr Protasovitskiy 2018 yilning 8 oktyabrida Moskva markazidagi ikkita mushtlashuvda ishtirok etgani uchun hibsda ushlab turilibdi. Sud ularni 8 fevralga qadar izolyatorda qoldirishga qaror qilgan. 

Mavzuga oid