Jahon | 11:22 / 01.02.2019
34352
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev o‘zining yaxshi jismoniy holati sirini oshkor qildi 

Foto: akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zining jismoniy holatini qanday qilib yaxshi darajada ushlab turgani va salomatlikni ta'minlashda nima yordam berishi haqida gapirdi. Video Qozog‘iston prezidenti Teleradiokompleksining Instagram’dagi sahifasida joylashtirildi.

Instagram’dagi sahifada e'lon qilingan videorolikda Nazarboyev sog‘lom turmush tarzi mavzusi haqida gapirgan.

«Kimdan so‘ramang - hamma ozishni xohlaydi. Ozg‘inlar ham vaznini yo‘qotishni istaydi! Abadiy parhezlar, go‘sht, yog‘ iste'mol qilish zararligi haqidagi gaplar.

Qanday qilib biz, qozoqlar, go‘shsiz yashay olamiz? Bir marta o‘g‘rini ushlab, undan so‘rashibdi - nima uchun har doim o‘g‘irlik qilasan? U shunday javob bergan ekan: ot go‘shti mazali bo‘lishdan to‘xtasa, o‘shanda men ham o‘g‘rilikni to‘xtataman.

Mening prinsipim: inson o‘z organizmi talab qiladigan narsani yeyishi kerak. Men doim sport bilan shug‘ullanish kerakligini aytaman. Kishi o‘zini nazoratda saqlab, o‘zi haqida qayg‘urishi kerak. Biz sog‘lom millat bo‘lishimiz kerak. Bilaman, yoshlarimiz bunga intiladi. Men hech qanday maxsus parhezlarga amal qilmayman».

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Prezident Teleradiokeshenі (@ptrk.kz) on

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev 15 yoshgacha to‘yib ovqatlanmagani haqida gapirgandi.

Mavzuga oid