Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuba uzra meteorit portladi
Kubaning Pinar-del-Rio provinsiyasi uzra osmonda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, bu meteorit bo‘lgan, deb xabar bermoqda Granma mahalliy nashri. Guvohlar voqea joyidan olingan videoyozuvlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishni boshlashdi.
Breaking: Damage reported after a suspected small meteor strikes Viñales, Cuba. There are no repors of any injuries. A video shows the trail of the possible meteor in the sky. pic.twitter.com/xlFof46yyi
— PM Breaking News (@PMBreakingNews) February 1, 2019
O‘tkinchilarning aytishicha, osmonda katta tutunni ko‘rishgan, mahalliy aholi esa portlash paytida uylarda kuchli tebranishni his qilganlar. Hodisa yuz bergan joydan tosh qismlari topildi, ularning kelib chiqishi sababi aniqlanyapti.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda asosiy taxmin - meteoritning qulashi. «Bu aniq samolyotning portlashi bo‘lmagan», - deyiladi ba'zi xabarlarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanada «sirli» kasallik tufayli Kubadagi diplomatik missiyani keskin qisqartirgandi.
Mavzuga oid
13:32 / 10.05.2025
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kirityapti
23:39 / 20.03.2025
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
09:15 / 15.01.2025
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
14:18 / 11.11.2024