Sport | 13:30 / 02.02.2019
12882
1 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» Marselo uchun katta pul taklif qildi

Foto: Getty Images

«Yuventus» klub «Real» himoyachisi Marselo xizmatiga qiziqish bildirmoqda. 

Tuttosport xabariga ko‘ra, «byankoneri» 30 yoshli braziliyalik uchun 45 million yevro berishga tayyor. Futbolchining o‘ziga esa 12 million yevro maosh taklif qilmoqda.

«Yuventus» Marselo uchun transfer mablag‘ini Aleks Sandroni Angliya klublaridan biriga sotish orqali qo‘lga kiritmoqchi.

Joriy mavsumda Marselo Primerada 12ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid