Jahon | 23:37 / 04.02.2019
7712
2 daqiqa o‘qiladi

Tsukerberg “Tvitter” rahbarini o‘zi boqqan echki go‘shti bilan mehmon qilgan

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg “Tvitter” rahbari Jyek Dorsi ko‘z o‘ngida o‘zi boqqan echkilardan birini elektroshokerda jonsizlantirib, so‘ngra so‘ydirgan. Bu haqda Dorsi Rolling Stone jurnaliga intervyusida ma'lum qildi.

“Mark hayotida bir yil davomida o‘zi o‘ldirgan jonzotlar go‘shtinigina yegan davr bo‘lgan. Palo-Altoda shunday qoida borki, yer egasi 6 bosh chorva boqish huquqiga ega. Mark esa echkilar boqqan”, deb ma'lum qilgan Dorsi intervyuda.

Tsukerberg shu kuniyoq Dorsini uyiga kechki ovqatga taklif qilgan. Mark hamkasbiga o‘zi tayyorlagan echki go‘shtini tortiq qilgan. Dorsining aytishicha, Facebook asoschisi go‘shtni pechga tiqib, yarim soatdan keyin uni dasturxonga tortgan. 

“U o‘sha echki  go‘shtini tayyorlagan. Go‘sht sovuq holda edi. Men o‘sha kecha salat bilan kifoyalanib qolganman”, deb eslagan Dorsi. 

Dorsi Facebook rahbari echkini o‘ldirish uchun qanday vosita qo‘llagani haqidagi savolga bu lazer nishonga olgichli elektroshoker to‘pponchasi bo‘lganini aytgan. “Tvitter” rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Tsukerberg echkiga to‘pponchadan o‘q  uzgandan keyin uni pichoq bilan o‘ldirgan.

Mavzuga oid