Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin FIFA prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin FIFA prezidenti Janni Infantinoni Rossiyada o‘tgan 2018 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik va uni o‘tkazishga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” (Drujba) ordeni bilan taqdirladi.
“Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti, Shveytsariya Konfederatsiyasi va Italiya Respublikasi fuqarosi Infantino Jovanni Vinchenso 2018 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik va uni o‘tkazishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlansin“, deyilgan prezident farmonida.
JCh-2018 Rossiyaning 11 shahrida 14 iyundan 15 iyulgacha bo‘lib o‘tgan. Rosturizm ma'lumotlariga ko‘ra, chempionat davomida Rossiyaga 2,9 mln sayyoh tashrif buyurgan. Infantino ushbu jahon chempionatini “tarixdagi eng yaxshisi” deb atagandi.
Mavzuga oid
21:00 / 12.03.2025
FIFA Jahon Kubogini isloh qilib, ishtirokchilar sonini 64 taga yetkazmoqchi
13:19 / 07.10.2024
Infantino va «futzal Pelesi» kelgan, Braziliyaning omadi chopgan finaldan eksklyuziv fotojamlanma
20:37 / 20.09.2023
Shavkat Mirziyoyev FIFA rahbarini qabul qildi
16:55 / 20.10.2021