O‘zbekiston | 17:20 / 08.02.2019
56977
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Toshkent sirkida qo‘y va bo‘ri bir qafasda saqlanmoqda

Bugun, 8 fevral kuni «O‘zbek Davlat sirki»da ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkillashtirildi va bu maskan faoliyati hamda rejalari tanishtirildi.

Press-tur doirasida jurnalistlar sirkning artist jonivorlarining yashash sharoitlari bilan tanishishdi. Ayniqsa, bir qafasda saqlanayotgan bo‘ri va qo‘y ko‘pchilikni hayratga soldi. 

Tsirk xodimi Akmal Abdullayev bu holatga izoh berdi.

«Dunyo tajribasida ham bo‘rini o‘rgatish juda qiyin amaliyot hisoblanadi. Ammo qo‘y va bo‘rini bir dasturga moslashtirish haqiqiy kamyob hodisa deb bemalol ayta olaman. Ko‘rib turganingizdek, bizning bu artistlarimiz bir qafasda ma'lum muddat saqlansa-da, ko‘pchilik o‘ylaganidek bo‘ri qo‘yni yeb qo‘ymaydi. Albatta, buning siriga qiziqishingiz tabiiy. Sir shundaki, bu ikki jonivor yoshligidan birga o‘sishgan va doimiy nazoratda o‘rgatib borilgan. Hozir ham ma'lum muddat bir qafasda saqlasak-da, umumiy dasturlarga birga olib chiqsak-da, muntazam nazorat qilib boramiz. Chunki, bo‘ri baribir yirtqich jonivor, har daqiqada o‘z xususiyatini namoyish etishi mumkin», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid