Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk kompaniyasi Venesueladan 900 mln dollarlik oltin sotib olgan – OAV
Turkiyaning Sardes kompaniyasi 2018 yilda Venesueladan 900 mln dollarlik oltin import qilgan. Bu esa Vashingtonning noroziligiga sabab bo‘lgan. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, turk kompaniyasi 2018 yil yanvarida ishlashni boshlagan va shu oyning o‘zida Venesueladan 41 mln dollarlik oltin import qilgan. Ta'kidlanishicha, ushbu xarid ikki davlat o‘rtasida oxirgi 50 yil ichidagi bunday turdagi ilk tranzaksiya bo‘lgan. So‘ngra kompaniya fevralda Venesueladan yana 100 mln dollarlik oltin sotib olib, uni Turkiyaga yetkazgan. Umumiy hisobda kompaniya Venesueladan 900 mln dollarlik oltin olib chiqib ketgan.
2018 yil noyabrda AQSh Venesuelaning oltin zaxiralari bilan operatsiyalarni bloklashga qaratilgan sanksiyalar kiritgan. Bundan oldin esa AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyaga o‘z vakilini jo‘natib, u orqali Anqarani Venesueladan oltin sotib olishni to‘xtatishi kerakligidan ogohlantirgan.
Ta'kidlanishicha, ikki davlat o‘rtasida Sardes orqali oltin savdosi noyabrda to‘xtatilgan, biroq buni amalga oshirish uchun boshqa imkonlar mavjud. Turk kompaniyasi izoh berishdan bosh tortgan. Ayni vaqtda ushbu oltin bilan qanday yo‘l tutilganini kuzatishning imkoni yo‘q.
Maqolada aytilishicha, Turkiya AQSh sanksiyalari amal qilayotgan davlatlarga ushbu sanksiyalarni chetlab o‘tishga imkon beruvchi tomon rolini birinchi marta o‘ynamayapti. Bu esa Vashingtonning korrupsiyalashgan yoki dushmanona deb hisoblovchi davlatlar hukumatlarini yakkalash bo‘yicha sa'y-harakatlariga putur yetkazmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025