O‘zbekiston Boyqo‘ng‘irdagi «Bayterek» loyihasi ishtirokchisiga aylanishi mumkin
O‘zbekiston «Boyqo‘ng‘ir» kosmodromida amalga oshirilayotgan «Bayterek» Qozog‘iston-Rossiya loyihasiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda «Interfaks-Qozog‘iston»ga Rossiyaning Qozog‘istondagi elchisi Aleksey Borodavkin xabar berdi, deb yozmoqda abctv.kz.
«O‘zbekiston «Bayterek» loyihasida Qozog‘iston va Rossiya bilan birga ishtirok etishga qiziqish ko‘rsatdi, ammo hozirga qadar bunday hamkorlik qanday yo‘nalishda bo‘lishi belgilanmadi, bu ishlab chiqilmoqda», - dedi Borodavkin dushanba kuni.
«Bayterek» - Rossiya raketalari uchiriladigan, Boyqo‘ng‘irda Qozog‘istonga tegishli bo‘lgan kosmik raketa kompleksini yaratish loyihasi.
2016 yilda Qozog‘iston va Rossiya federal kosmik dastur («Feniks» tajriba-konstruktorlik ishlari) doirasida tashkil etiladigan, amaldagi KRK «Zenit-M» hamda Rossiyaning istiqbolli o‘rta sinfdagi raketa-tashuvchisi obektlaridan foydalanishga asoslangan «Boyterak» loyihasini amalga oshirishning yangi variantini muvofiqlashtirib oldi.
Taxminlarga ko‘ra, «Bayterek»dan birinchi parvoz 2025 yilda amalga oshiriladi, biroq keyin Rossiya tomoni ishlarni tezlashtirish va parvozni 2022 yilda, boshqariladiganini esa - 2024 yilda amalga oshirish taklifi bilan chiqdi.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024