Jahon | 20:38 / 12.02.2019
14540
1 daqiqa o‘qiladi
Duterte Filippin nomini o‘zgartirishni taklif qildi
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakat nomini "Maxarlika Respublikasi" deb atashni taklif qildi, deb yozadi Manila Bulletin gazetasi.
U Ispaniyaning Filippin madaniyatiga ta'sirini tanqid qildi va sobiq prezident Ferdinand Markosning mamlakatni "ispancha" atashdan voz kechish g‘oyasini eslatdi.
"Mamlakatimiz nomini sayohati uchun ispan qiroli Filipp pul to‘lagan Magellan o‘ylab topgan. Shuning uchun u ahmoq mamlakatimizni Filippin deb nomlagan. Buni qachondir o‘zgartiramiz", — dedi Duterte.
Duterte Markosning taklifini qo‘llab-quvvatlarkan, "maxarlika" so‘zi malay tilida "tinchlik va xotirjamlik" ma'nosini bildirishini qayd etdi.