Light | 21:33 / 13.02.2019
19560
4 daqiqa o‘qiladi

Uyqu bemorlar uchun nimasi bilan foydali ekani ma'lum qilindi

Uyqu vaqtida inson organizmi immun hujayralarini “qayta dasturlashi” va shu tariqa ularni infeksiyaga qarshi yanada faol kurashishga majbur qilishi sababli bemorning o‘zini his qilishi sezilarli darajada yaxshilanadi. Journal of Experimental Medicine shu haqidagi ma'lumot bilan bo‘lishdi

“Uyqu T-hujayralar faoliyati samaradorligini va ularning turli xavflarga qarshi reaksiyasini oshiradi. Bu, ayniqsa, uyqusizlik va unga olib keluvchi turli muammolar, shu jumladan depressiya va stress keng tarqalgan bugungi kunda juda muhim”, - deydi Germaniyaning Tyubingen universitetidan Lyuchiana Besedovski. 

Olimlarning fikricha, inson hamda jonivorlarning miyasi va gormonal tizimi doimiy ravishda ikki turdagi signalni ishlab chiqaradi – ulardan biri organizmni uxlashga majbur qiladi, ikkinchisi esa – uxlashga bermaydi. Sutkalik ritmlar natijasida boruvchi signallar bizni tunda - uxlashga, ertalab – uyg‘onishga, ularning faoliyatidagi buzilishlar esa - uyqusizlik yoki narkolepsiya rivojlanishiga majbur qiladi.

So‘nggi yillarda biologlar ularning nafaqat uxlash istagiga, balki ko‘p hujayra tizimlarining faoliyatiga ham ta'sir qilishiga tobora ko‘proq sabab topishmoqda. Xususan, uyqu tizimining buzilishi Alsgeymer kasalligining tezkor rivojlanishi, tana hujayralarining tez qarishi va ko‘plab boshqa jiddiy muammolarga bog‘liq bo‘lib chiqdi. Besedovski va uning hamkasblari uyquning organizm faoliyatiga qanday ta'sir qilishiga yana bir qiziq misol keltirishdi. 

Taxminan 10 yillar avval olimlar inson organizmi T-hujayralarning bunday faoliyatiga ta'sir qiluvchi ikki turdagi signalni ishlab chiqishini aniqlashgan. Ularning o‘tgan asr o‘rtalaridan ma'lum bo‘lgan bir qismi immunitetni rag‘batlantiradi, yaqinda kashf qilinganlari esa, aksincha, unga bosim o‘tkazadi.  

Germaniyalik olimlar bu hujayralarga boshqa - zararlangan hujayralarga birikib, ularni yo‘q qilishga aynan qanday signallar to‘sqinlik qilayotganiga qiziqishgan. Buning uchun ular nisbatan bezarar  tsitomegalovirus bilan zararlangan odamlarning qon namunalarini to‘plashgan va turli sharoitlarda o‘stirilgan T-hujayralarning qanday qilib ularga hujum qilishini kuzatishgan. Bu ularga to‘rt turdagi moddani, jumladan, prostoglandin jinsiy gormonlarini ham ajratishga yordam bergan – ular zararlangan “mijozlar”ga birikishga ko‘mak beruvchi oqsillarni kamroq ishlab chiqara boshlashgan. 

Tadqiqotchilar bu signal molekulalarining xususiyatlari va kelib chiqishini tahlil qilib, ularni umumlashtiruvchi bir jihatni aniqlashdi – immun tizimining bu “tormozlari” konsentratsiyasi barchasi aynan uyqu vaqtida kamaygan.

Ushbu g‘oya asosida olimlar o‘nlab virus tashuvchilar va sog‘lom kishilarda kichik tajriba o‘tkazishdi. Besedovski va uning hamkasblari ularni ikki guruhga ajratishdi, bir guruhdan - laboratoriyada normal hayot tarziga rioya qilish, boshqasiga esa uyqudan to‘liq voz kechish imkonini berishdi. 

Kuzatuvlarning ko‘rsatishicha, birinchi ko‘ngillilar guruhi vakillarining immunitet faolligi uyqu vaqtida o‘sgan, ikkinchi jamoa ishtirokchilarida esa ko‘rsatkich pastligicha qolgan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu nima uchun bemorlar uyqu vaqtida o‘zini sezilarli darajada yaxshiroq his qilishiga sababdir. 

Ayni damda olimlar organizm faoliyatidagi bunday o‘zgarishlarni sun'iy ravishda yuzaga keltirish mumkin yoki yo‘qligini tushunishga harakat qilishmoqda. Bunday preparatlar nafaqat infeksiyalarga qarshi faol kurashishga, balki saratonga qarshi terapiya ta'sirini kuchaytirishga ham yordam berishi mumkin. 

Mavzuga oid