Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuk mashinasi unga urilgan “Lada”ni 2 kilometrcha ortidan sudrab bordi
Boshqirdistonda yuk mashinasi haydovchisi mashinasining orqa tomoniga urilgan “Lada Largus” mashinasini sezmay, uni sudragancha 2 kmcha yo‘l bosib o‘tgan.
Voqea 13 fevral ertalab Ufa — Orenburg trassasida yuz bergan. Ta'kidlanishicha, yengil mashina haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtagan Freightliner yuk mashinasining orqa qismiga kelib urilib, old kapoti bilan unga ilashib qolgan. Yuk mashinasi haydovchisi esa zarbani sezmay, harakatlanishda davom etgan.
Ta'kidlanishicha, “Lada” salonida 7 kishi bo‘lgan. Ulardan hech kim jiddiy jarohat olmagan, biroq bir ayol tibbiy yordam so‘ragan.
Mavzuga oid
12:09 / 08.03.2025
Zominda yuk mashinasi yonib ketdi
11:42 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni urib ketdi
15:34 / 03.11.2024
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
07:50 / 31.10.2024