AQSh Afg‘onistondagi harbiylari sonini ming nafarga kamaytirishi mumkin
AQSh Afg‘onistondagi harbiy kontingentini ming harbiyga kamaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQShning markaziy qo‘mondonligi rahbari general Jozef Votel ma'lum qildi.
Votelning aytishicha, ushbu qaror AQSh prezidenti Donald Trampning qo‘shinlarni olib chiqish rejasi bilan bog‘lanmagan. Qo‘shinlar qisqartirilishi NATOning Afg‘onistondagi missiyasi qo‘mondoni general Ostin Skott Miller rejasi doirasida amalga oshiriladi.
Avvalroq Military.com portali Miller yaqin 8-12 oy ichida Afg‘onistondan 7 mingga yaqin harbiyni olib chiqishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgan. Shu bilan birga, Afg‘onistonda AQSh qo‘shinlarining maxsus vazifalarni bajaruvchi zarbkor guruhlari qoladi.
Yanvar oxirida Tramp Afg‘onistonda tinchlik sulhiga erishilsa, u yerdan qo‘shinlarni olib chiqishga tayyorligini ma'lum qilgan. AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonda 2001 yildan beri IShID hamda “Tolibon”ga qarshi operatsiya o‘tkazib kelmoqda. Ayni vaqtda Afg‘onistonda 14 mingdan ko‘proq amerikalik harbiy xizmat o‘tamoqda.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024