O‘zbekiston | 11:23 / 15.02.2019
119390
1 daqiqa o‘qiladi

​«O‘zbekiston» mehmonxonasiga xaridor chiqdi

Foto: KUN.UZ

Kuvaytning Alshaya Group kompaniyasi O‘zbekistonda mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanishga qiziqish bildirmoqda. Xorijiy kompaniya yaqin kunlarda Toshkent shahridagi «O‘zbekiston» mehmonxonasida bo‘lgan davlat ulushini sotib olishi mumkin, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

14 fevral kuni kompaniya ijrochi direktori Muhammad al-Shay boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligida muzokaralar olib bordi.  Uchrashuvda arab ishbilarmonlari mehmonxona biznesi, xususan «O‘zbekiston» mehmonxonasidagi davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirgan. 

Foto: O‘zbekiston Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi

Eslatib o‘tamiz, hukumat mashhur «O‘zbekiston» mehmonxonasidagi davlat ulushini sotishi haqida xabar tarqatgandi. 1974 yili qurilgan mehmonxona binosi 33 million AQSh dollariga baholanmoqda. Binoda so‘nggi rekonstruksiya ishlari 2010 yili olib borilgan.

Mavzuga oid