O‘zbekiston | 19:34 / 16.02.2019
8546
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston arxitektura va qurilish sohasida Belorussiya bilan hamkorlik o‘rnatdi

Foto: Qurilish vazirligi matbuot xizmati

11-15 fevral kunlari O‘zbekiston qurilish vaziri o‘rinbosari Sh.Hoshimov boshchiligidagi delegatsiya Belorussiyada bo‘ldi. Bu haqda Belorusdagi O‘zbekiston vakolatxonasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, delegatsiya Belorussiyaning arxitektura va qurilish sohasidagi, xususan ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tajribasi bilan tanishdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida Belorussiya arxitektura va qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari A.Kruchanov, tegishli ilmiy-tadqiqot, loyiha-qurilish va ilmiy-ta'lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda injyenerlik izlanishlari, arxitektura-qurilishni loyihalashtirish, qurilish, kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish borasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya, shuningdek, respublikadagi qator qurilish tashkilot va muassasalari faoliyati bilan ham tanishdi.

Tashrif yakunida O‘zbekiston Qurilish vazirligi va Belorussiya Arxitektura va qurilish vazirliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mavzuga oid