Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haitida AQShga qarshi namoyishlar o‘tmoqda
Haiti poytaxti Port-o-Prensda prezident Jovenel Moizga qarshi namoyishlar o‘tmoqda. Bu haqda Le Journal de Montreal nashri ma'lum qildi.
Namoyishchilar Moizni fuqarolarni zarur narsalar bilan ta'minlay olmaslikda ayblashmoqda. Ular prezidentni davlat mablag‘larini sarflab yuborishda gumon qilishmoqda. Namoyishchilar, shuningdek, Moiz qo‘llab-quvvatlayotgan AQSh bilan ittifoqqa qarshi chiqishmoqda va Rossiyadan inqirozni hal qilishda yordam berishni so‘rashmoqda. Namoyishchilar AQSh siyosatiga qarshilik ifodasi sifatida ushbu davlat bayroqlarini yoqishgan.
Namoyishlar 7 fevraldan beri davom etmoqda. Bu vaqt ichida kamida 7 kishi, jumladan voqealarni yoritgan bir jurnalist halok bo‘lgan. G‘alayonlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib kelgan. Politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz va yorug‘lik-shovqin granatalari qo‘llagan.
Jovenel Moiz o‘z lavozimini tark etishdan bosh tortmoqda. U mamlakatni narkodilerlar qo‘liga topshirmasligini aytgan va norozilarni muloqotga chaqirgan. AQSh hukumati mamlakatdan barcha ikkinchi darajali diplomatlarini chaqirtirib olgan va amerikaliklarga Haitiga bormaslikni tavsiya qilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025