Hindiston Pokiston mahsulotlariga nisbatan bojni 200 foizgacha oshirdi
Hindiston savdoda qulaylik rejimi bekor qilingani munosabati bilan Pokistondan olib kiriladigan mahsulotlarga nisbatan bojxona bojini 200%gacha oshirdi, deb ma'lum qildi Hindiston moliya vaziri Arun Jyeytli.
Avvalroq mahalliy OAV Hindiston hukumati Pokistonning savdoda qulaylik rejimidan foydalanuvchi mamlakat maqomini bekor qilganini xabar qilgandi. Bu haqda Jammu va Kashmir shtatida sodir etilgan terrorchilik harakati munosabati bilan hukumatning favqulodda yig‘ilishidan so‘ng ma'lum bo‘lgandi.
"Hindiston Pulvamdagi voqeadan so‘ng Pokistonning savdoda qulaylik rejimidan foydalanuvchi mamlakat maqomini bekor qildi. Shu munosabat bilan Pokistondan Hindistonga olib kiriluvchi barcha mahsulotlarga nisbatan boj to‘lovi 200%gacha oshiriladi", - deb yozdi Jyeytli Twitter’da.
Jammu va Kashmir shtatida 15 fevral kuni qo‘lbola bomba portlashi oqibatida 44 nafar kishi halok bo‘lgandi. Ushbu hujumga javobgarlikni "Jayishi Muhammad" guruhi jangarilari o‘z zimmasiga olgan. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bundan avval teraktga aloqador deb hisoblanayotgan Pokistonga qat'iy javob qaytarishga va'da berdi.
Mavzuga oid
15:29 / 20.11.2024
O‘zbekiston Pokiston dengiz portlari orqali yangi bozorlarga kirish imkonini o‘rganmoqda
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024