Iqtisodiyot | 11:50 / 18.02.2019
29764
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi marta pasaydi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 19 fevraldan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 2,95 so‘mga arzonlashgan va 1 dollar 8392,20 so‘mni tashkil etgan.

1 yevro kursi 32,72 so‘mga pasayib, 1 yevro 9477,31 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

1 Rossiya rubli 1,42 so‘mga arzonlashdi va 126,25 so‘mga teng bo‘ldi.

Qayd etish kerakki, dollarning rasmiy kursi qatorasiga ikkinchi haftada pasaymoqda.

Mavzuga oid