Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp saylovlardagi «telba» raqibiga omad tiladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Vermont shtatidan senator Berni Sandersning 2020 yilgi prezident saylovlarida ishtirok etish istagiga izoh berdi.
“Telba Berni hozirgina poygaga kirishdi. Unga omad tilayman”, deb yozgan Tramp tvitterda.
77 yoshli demokrat Sanders bundan avvalroq prezident saylovlarida ishtirok etishini e'lon qilgandi.
Xillari Klintonning 2016 yildagi praymerizdagi bosh raqibi bo‘lgan Sanders Trampni “AQSh uchun sharmandalik”, “g‘irt yolg‘onchi”, irqchi, ksenofob deb atagan.
Shu tariqa navbatdagi prezident saylovlarida ishtirok etish istagini kongresvumen Tulsi Gabbard, senatorlar Kori Buker, Kirsten Jillibrand, Saut-Bend (Indiana shtati) meri Pit Battigig va San-Antonio (Texas shtati) meri Xulian Kastro bildirdi. Shuningdek, saylovlarda ishtirok etish istagini Tramp tomondan mazax qilinuvchi senator-demokrat Emi Klobushar ham bildirgan.
Mavzuga oid
10:31 / 21.11.2024
AQSh Senati Isroilga qurol yetkazib berishni bloklashni rad etdi
13:58 / 19.05.2021
Amerikalik siyosatchilar Isroilga qarshi chiqib, Baydenni tanqid qilishmoqda
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020