Jahon | 22:33 / 24.02.2019
12208
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Venesuelada harbiy operatsiya o‘tkazishi mumkin – Pompeo

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro eng ashaddiy zolimlardan eng yomoni hisoblanadi, deb aytdi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Venesuelaga gumanitar yordam yetkazishdagi muammolar ortida.

Pompeoning ta'kidlashicha, Venesuela hukumati gumanitar yordam yetkazilishini taqiqlashi va chegaralarni yopishi bilan bo‘layotgan voqealarga xalqning ko‘zini ochdi.

AQSh davlat kotibi AQSh Lotin Amerikasi davlatidagi vaziyatga ta'sir qilishning barcha variantlarini ko‘rib chiqayotgani va harbiy operatsiya o‘tkazilishi mumkinligini istisno qilmasligini aytgan.

Pompeoning qo‘shimcha qilishicha, Vashingtonda venesuelaliklarning porloq kelajagi va demokratiyaga huquqlari uchun barcha ishni qilishga tayyor.

Bundan tashqari, AQShning Venesuelaga nisbatan keyingi qadamlari muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoni qo‘llab-quvvatlash va gumanitar yordam taqdim qilishdan iborat bo‘ladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid