Putin: Islom Karimov menga ismimni aytib, “sen” deb murojaat qilardi
Islom Karimov fondi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haqidagi xotiralarini e'lon qildi.
“Islom Abdug‘aniyevich buyuk davlat arbobi, o‘z mamlakatining haqiqiy yetakchisi edi. Zamonaviy o‘zbek davlatchiligi tarixining muhim bosqichlari aynan uning nomi bilan bog‘liqdir. Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda mintaqada ko‘ptomonlama hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tinchlikparvar siyosat olib bordi”, deya qayd etadi Putin.
Rossiya prezidentining fikricha, Islom Karimov O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishiga ulkan hissa qo‘shdi.
“Uning xizmatlari ko‘lamini faqat vaqt o‘tgachgina to‘liq anglash mumkin, deb o‘ylayman. O‘zbekistonning yangi tarixida ro‘y bergan voqealarni turlicha baholash mumkin. Eng asosiysi, davlat rahbari mamlakatda barqarorlik va izchil taraqqiyotni saqlab qoldi”, deydi u.
Putin ko‘p yillik qadrdonlik va hamkorlikdagi faoliyat mobaynida, ayniqsa, so‘nggi yillarda Islom Abdug‘aniyevich bilan o‘rtalarida iliq munosabat shakllanganini ta'kidlaydi.
“U menga xayrixoh munosabatda edi. Yoshi mendan kattaroq bo‘lgani bois Islom Abdug‘aniyevich kaminaga ismimni aytib, “sen” deb murojaat qilar edi. Bundan esa insoniy bir samimiyat va yaqinlikni his etar edim", deya xotirlaydi Rossiya prezidenti.
Mavzuga oid
17:53
AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
16:33
Merkel: Menda hech qachon Putin bo‘yicha illyuziyalar bo‘lmagan
12:21
Putin: Rossiya jangda «Oreshnik» raketasini sinovdan o‘tkazishda davom etadi
23:44 / 22.11.2024