Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texasda Boeing yuk samolyoti falokatga uchradi
23 fevralda AQShning Texas shtati janubidagi Anauak shahri yaqinida Atlas Air aviakompaniyasiga qarashli yuk samolyoti falokatga uchradi. Bu haqda AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi tvitterda ma'lum qildi.
Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, ikki motorli Boeing 767 samolyoti Mayamidan Xyustondagi Jorj Bush nomidagi aeroportga parvoz qilayotganda mahalliy vaqt bilan soat 12.45da falokatga uchragan.
Samolyot Triniti-Bey ko‘rfaziga qulagan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 3 kishi bo‘lgan. Cheymbers okrugi sherifi boshqarmasida aviafalokatda omon qolganlar topilmagani ma'lum qilingan.
Voqea sabablari hozircha noma'lum. Falokat yuzasidan tergov boshlangan.
Mavzuga oid
21:57 / 02.05.2025
Texasda 8 mln dona tanga avtomobil yo‘liga sochilib ketdi - video
21:53 / 02.05.2025
Tramp prezident samolyotini almashtirishga qaror qildi
19:24 / 16.04.2025
Rossiya AQShdan muzlatilgan aktivlari hisobidan Boeing samolyotlarini sotishni so‘radi - Bloomberg
21:41 / 21.03.2025