Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyadagi o‘rmon o‘rtasida topilgan o‘lik kit olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi (video)
Braziliyadagi o‘rmonlardan birida o‘lik holdagi bukri kit topildi. Bu haqda LiveLeak portali xabar berdi.
Voqea Para shtatining Marajo oroli sohilbo‘yining o‘rmon hududida yuz bergan. Mahalliy sog‘liqni saqlash, sanitariya va atrof-muhit departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, kit o‘lik holda topilgan. Uning uzunligi 11 metrni, eni 6 metrni tashkil qilgan.
Boshqarmada yashash muhiti okean bo‘lgan kit suvdan bunchalik uzoqda topilganini aniqlashi kerak bo‘ladigan maxsus guruh tashkil etildi. Biologlar jonzotning o‘limi sabablarini hozircha aytisha olmayapti.
“Kitning ichi yorib ko‘rilmoqchi. Bir qarashda unda hech qanday jarohatlar yo‘q. Shu sababli kitning o‘limiga nima sabab bo‘lganini tushunmog‘imiz lozim”, deb vaziyatga izoh bergan departament vakili Keti Silva.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025