Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internet-trafik va smartfon quvvatini «yeb tashlaydigan» virus topildi
Foto: iStock
DrainerBot deb nomlangan murakkab firibgarlik kampaniyasi aniqlandi, u Android’dagi mobil qurilmalardan internet-trafikni yashirincha sarflaydi. U haqda Oracle’ga tegishli bo‘lgan Moat kompaniyasi xodimlari xabar qilgan.
Topilgan zararli kod yuzlab mobil ilovalarga joylashtirilgan. Ular qurilmalarda yashirin reklamalarni, asosan, videoroliklarni ishga tushiradi.
Bunday dasturlarning muntazam ishlashi har oyda 10 gigabayt internet-trafikni sarflaydi. Shuningdek, zararli dastur ishlamayotgan bo‘lsa ham, qurilma quvvatni tezda yo‘qotadi.
Foydalanuvchi hech qachon o‘z gadjeti zararlangani haqida bilmaydi, sababi reklamalar ekranda ko‘rinmaydi. Zararlangan ilovalar orqasida quyidagilar bor: 4 Seasons (Full), VertexClub, Perfect365, Touch 'n' Beat - Cinema va Draw Clash of Clans.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Android qurilmaning har bir egasi gadjeti qizib ketayotgani va quvvati tez ketayotganidan ehtiyot bo‘lishi lozim. Shuningdek, ishlashning sekinlashuvi yoki tez-tez qayta yuklash hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash ham xavfli belgilar hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot
15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi
12:38 / 11.03.2025