Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr energiyasi bo‘yicha qarz uchun penya hisoblanadigan bo‘ldi
Elektr energiyasi bo‘yicha qarz uchun penya hisoblanadigan bo‘ldi, deb yozmoqda Norma.
Qayd etilishicha, jarayon 2019 yil 11 fevraldan tiklangan. 2017 yil 1 yanvardan «maxsus ko‘rsatma» berilguniga qadar elektr energiyasidan qarzdorlarga penya hisoblanmayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, maishiy iste'molchilar iste'mol qilingan elektr energiyasi uchun qarzdor bo‘lganda, to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun to‘lov muddati o‘tgan summaning 0,1%i miqdorida, lekin muddati o‘tgan to‘lov summasining 50%idan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydilar (Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari. O‘zR VMning 12.01.2018 yildagi 22-son qaroriga 1-ilova).
2019 yil 1 yanvardan keyin elektr energiyasini hisobga olish pribori ko‘rsatkichlari yozib olinganidan va amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblardan so‘ng, shuningdek belgilangan tartibda kiritilgan oldindan to‘lov hisobga olingan holda, hisob-kitob davridan keyingi oyning 11-kunidan boshlab maishiy iste'molchining aniqlashtirilgan qarzdorlik summasidan penya undiriladi.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
19:11 / 31.03.2025