Jahon | 12:50 / 26.02.2019
23927
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston samolyotlari Kashmirdagi lagerlarga hujum qildi

Foto: Zee Business

Hindiston Harbiy-havo kuchlari samolyotlari Kashmirdagi jangarilar lagerlariga zarbalar berdi. Times of India nashri xabariga ko‘ra, 12ta Mirage 2000 rusumli qiruvchi samolyotlar Balakote, Muzaffarobod va Chakotidagi lagerlar bo‘ylab hujum uyushtirgan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Pokiston va Hindiston chegarasidagi hududlarga o‘rnashgan jangarilar katta yo‘qotishlarga uchragan.

Qayd etilishicha, Hindiston Mudofaa vaziri bu hujum haqida mamlakat bosh vaziri Narendra Modiga hisobot yetkazgan.

O‘z navbatida, Pokiston qurolli kuchlari vakili general Asif G‘afur rasmiy Delini mamlakat havo hududi chegaralarini buzib o‘tishda ayblagan.

Generalning aytishicha, «hindlarning samolyotlari Pokiston harbiy-havo kuchlari tomonidan munosib qarshi olingach, zudlik bilan havo hududini tark etgan».

Eslatib o‘tamiz, 14 fevral kuni Kashmirda harbiy kolonna o‘tayotgan yo‘lda uyushtirilgan terakt oqibatida 44 nafar hindistonlik harbiy halok bo‘ldi. Bu hodisadan keyin Hindiston va Pokiston munosabatlari yanada sovuqlashdi.

Hindiston tomoni Pokiston hukumati ushbu teraktga aloqadorligini ma'lum qildi, Pokiston Hindistondagi elchisini chaqirib oldi.

Mavzuga oid