Pokiston asirga olingan hind uchuvchisini ozod qilishga tayyorligini bildirdi
Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy mamlakat hukumati Hindiston bilan nizoni yumshatishga olib keladigan bo‘lsa, asirga olingan hind uchuvchisini yurtiga qaytarish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Geo News telekanali xabar bermoqda.
"Agarda bu uchuvchining qaytarilishi bilan vaziyat yumshaydigan bo‘lsa, Pokiston mazkur masalani ko‘rib chiqishga tayyor. Biz ijobiy harakatga tayyormiz", - dedi vazir telekanalga bergan intervyusida.
Hindiston 27 fevralda Pokistonga qarashli qiruvchi samolyotni, Pokiston esa ikkita hind qiruvchi samolyotini urib tushirganini ma'lum qilgan. Pokiston tomonining ta'kidlashicha, urib tushirilgan samolyotlardan birining uchuvchisi asirga olingan. Keyinroq Pokiston OAV hind uchuvchilaridan biri videosini e'lon qilgan. Yaralangan uchuvchi jurnalistlarga o‘z ismi va harbiy unvonini ma'lum qilgan.
Hindiston talqini bo‘yicha, Kashmir ustida Pokiston harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti urib tushirilgan. Hindiston ushbu havo jangida MiG-21 samolyotini yo‘qotgan, uning uchuvchisini esa bedarak yo‘qolgan deb hisoblamoqda.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar 14 fevralda xudkush Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida politsiya kolonnasi oldida o‘zini portlatgandan keyin keskinlashdi. Hujum uchun javobgarlikni “Jayishi Muhammad” guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Terakt oqibatida 45 kishi halok bo‘lgan. Shundan keyin Hindiston Pokistonni terrorchilik tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlashda ayblagan. Islomobod bu ayblovlarni “asossiz” deb rad etgan va Nyu-Dehliga teraktni birgalikda tergov qilishni taklif qilgan.
Mavzuga oid
15:29 / 20.11.2024
O‘zbekiston Pokiston dengiz portlari orqali yangi bozorlarga kirish imkonini o‘rganmoqda
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024