Sport | 15:50 / 28.02.2019
4535
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu «Yuventus»ning A Seriyadagi asosiy raqibi bilan o‘yinda qatnashmaydigan bo‘ldi

Foto: Getty Images

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning navbatdagi turida «Napoli»ga qarshi o‘yinda qatnashmaydi. U yakshanba kuni «Bolonya» maydonidagi bahsda tovonidan jarohat olgandi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi YeChL 1/8 finali doirasidagi «Atletiko» bilan javob o‘yinigacha sog‘ligini tiklab olishga ulguradi.

«Napoli» bilan safardagi bahs 3 martda, «Atletiko»ga qarshi Turindagi uchrashuv esa 12 mart kuniga belgilangan. Shu o‘rtada, 8 mart kuni «Udineze» bilan kechadigan o‘yinda Ronalduning ishtiroki hozircha noma'lum.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid